- Kasallik tarixi
🚨 SHOSHILINCH! HAYOTNI SAQLAB QOLAYLIK! 🚨
Assalomu alaykum, mehribon va rahmdil xalqim.
Mening ismim Abdunabiyeva Nazokat, 1995-yilda tug‘ilganman. Mening 2 nafar farzandim bor. Katta qizim 8 yoshda. Kichik o‘g‘lim Abdug‘afforov Muhammadamin 2019-yilda tug‘ilgan.
O‘g‘lim sog‘lom tug‘ilgan edi. Ammo 6 oyligida vaksina olganidan keyin ahvoli yomonlashdi, mazasi bo‘lmay qoldi va shifoxonaga tushdik. Avvaliga nima bo‘lganini tushunmadim, shok holatida edim. Chunki o‘g‘lim sog‘lom, o‘z vaqtida, yetilib tug‘ilgan bola edi.
Vaksinadan keyin ahvoli og‘irlashib, reanimatsiyaga tushdi. Shundan so‘ng shifokorlar bolamning nerv tolalari shikastlanganini aytishdi. Shu sababli o‘g‘limning qo‘l-oyoqlari harakatdan to‘xtab qolganini bildirishdi. Bu xabarni eshitib, hushimdan ketdim, kuchli stressga tushdim va sog‘lig‘im ham yomonlashdi.
“Sog‘lom bolamni nega bu ahvolga tushirishdi? Endi nima bo‘ladi?” deb o‘ylayverib, nevroz bo‘lib qoldim.
Oradan 6 yil o‘tdi. Har kuni bolamning qiynalayotganini ko‘rib yig‘layman, lekin unga bildirmayman. O‘g‘lim o‘z hojatiga o‘zi bora olmaydi, faqat mening yordamim bilan. O‘zi ovqat yeya olmaydi, o‘zi yura olmaydi.
Shifokorlar DSP tashxisini qo‘yishdi. Bu tug‘ma emas ekan. Aytilishicha, davosi bor. Turkiyada malakali nevroxirurglar tomonidan operatsiya qilinsa, bolam sog‘lom bolalar kabi yurib ketar ekan, o‘z hojatiga o‘zi bora olar ekan, erkin harakatlana olar ekan.
Alhamdulillah, imkon bor ekan. Kelasi yili 7 yoshga to‘ladi, 1-sinfga chiqadi. Uni tengdoshlari kabi maktabga borishini, ko‘chaga chiqib sog‘lom bolalar kabi o‘rtoqlari bilan o‘ynashini juda-juda istayman.
Onalar meni juda yaxshi tushunishadi. Har bir ona farzandining sog‘lom ulg‘ayib, katta bo‘lib, o‘qib, ilm olishini xohlaydi.
🤲🤲🤲
Iltimos, mehribon va saxovatpesha insonlar, menga yordam bering. Juda iltimos qilaman. Ajrini Alloh bersin. Ilohim, shu bolamning o‘zi yurib ketishiga sababchi bo‘lsangiz.
🙏🙏🙏 😔😔😔